2025 yil 7 aprelda Sog’liqni saqlash vazirligi Salomatlik va strategik rivojlanish institutida “7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni” ga bag’ishlangan seminar, matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
2024 yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ayollar o’rtasida saraton kasalligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-402-sonli qarori chiqarilib, vazifalar belgilangan.
Asosiy vazifalar qatoriga saratonni erta aniqlash dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash kiradi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillariga ayollar o’rtasida ko’krak bezi va bachadon bo’yni saratonini erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish, skrining jarayonlarini samarali tashkil etish va ayollarni tekshirishning zamonaviy usullarini keng joriy etishning asosiy masalalari haqida ma’lumot berildi.
Ayollar o’rtasida skrining va yoshlar o’rtasida emlash bilan bog’liq muammolar e’lon qilindi.
Seminar ishtirokchilari ayollar o’rtasida asosiy onkologik kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo’yicha davlat tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bog’liq masalalarni faol muhokama qildilar.
Savollarga:
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi strategik rejalashtirish, statistika va samaradorlikni baholash boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Barno Odilova,
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ginekologiya bo’lim rahbari, tibbiyot fanlari doktori, Sog’liqni saqlash vazirliginingi Bosh onkoginekologi Nargiza Zahirova,
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisi Yulduz Karimova,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik islohotlar agentligi ekspertlari Aziza Umarova va Dilfuza Allaniyozova,
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti sog’lom turmush tarzini shakllantirish boshqarmasi boshlig’i Feruza Tohirova atroflicha javob berdilar.
(KOFIH) Koreya xalqaro salomatlik jamg’armasining O’zbekistondagi vakili Ju Seung Xvan O’zbekistonda papilloma virusi bo’yicha 3 yil davomida hamkorlikda loyiha olib borayotgani haqida,
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etakchi mutaxassisi, “Ibn Sino” jamoat fondi boshqaruv raisi Nozimxon Mahmudov aholiga saratonni erta aniqlash targ’ibot videoroliklarining ta’sirchanligini oshirish, hamda ona suti ahamiyatini tushuntirish ishlarida nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish takliflarini bildirdi.
Salomatlik va strategik rivojlanish instituti
matbuot xizmati