👨‍⚕️ Bemorlaringiz sizga ishonch bilan qaraydimi? Kechalari uxlamay navbatchilik qilasizmi? Kasbingizni sevasizmi? Bemorlaringiz sog‘ayganida ich-ichingizdan quvonib ketasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o‘tkazmoqda.

🏅 Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:

⬇️ Respublika darajasida

🔴“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🔵“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.

⬇️ Har bir hududda

🔴“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”;
🔵“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”;
🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”;
🔴“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”;
🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”;
🔵“Eng yaxshi hududiy shifoxona”
nominatsiyalari.

❗️Ishtirok etishga arziydi!
G‘oliblar jamoatchilik, hamkasblar va profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi asosida — adolatli va shaffof tarzda aniqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizim soxta ovozlarning oldini oladi.

📌 Mukofot miqdori katta:
📎 tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘mdan;
📎 tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘mdan.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish muddati — 31-oktabrga qadar. G‘oliblar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.

🖥 Sizning mehnatingiz, tajribangiz va bemorlarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rligingiz endi munosib bahosini topadi.

📝 Hurmatli tibbiyot xodimlari, hoziroq ushbu ilovalar orqali ro‘yxatdan o‘ting:
Android uchun:
OVI PRO
iPhone uchun:
OVI PRO

📊 Shuningdek, bu platformada qancha ovoz to‘plaganingiz, reytingdagi o‘rningiz va boshqa ishtirokchilarning natijalarini ko‘rib turishingiz mumkin:
https://tanlov.ovi.uz

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
📞 +998 78 150 88 56
📍 @tibbiyotfidoyisi

👨‍⚕️ Hamkasblaringizni ham tanlovda ishtirok etishga taklif qilishni unutmang!

🚑  SSV Matbuot xizmati.