Joriy yilning 16-18 aprel kunlari mamlakatimiz Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa qator vazirlik va agentliklarning rasmiy ko’magida “O’zekspomarkaz” MKKda “Sog’liqni saqlash — TIHE 2024” 28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.
Ushbu etakchi ko’rgazma O’zbekiston tibbiyot jamoatchiligi uchun muhim voqea hisoblanadi. Bu davolash va reabilitasiya uchun zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladigan nufuzli professional platformadir.
1995 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu ko’rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar va soha mutaxassislari uchun o’ziga xos maydonga aylandi.
Bu erda ko’rgazma haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz va ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish tartiblari bilan tanishishingiz mumkin.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


