Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va davolashda multidissiplinar yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.

Unda endokrinologiya sohasidagi etakchi mutaxassislar, terapevtlar, dietologlar va sog’liqni saqlash tizimi vakillari endokrin kasalliklarga qarshi kurashishning zamonaviy muammolari va samarali usullarini muhokama qilish uchun yig’ildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov so’zga chiqib, kasalliklar profilaktikasi birlamchi tizimda yo’lga qo’yilishi va bunda turli yo’nalishdagi shifokorlarning hamkorligi muhim ekanini ta’kidladi.

Anjumanda endokrin kasalliklar skriningi va erta aniqlashning yangi yondashuvlari, qandli diabet va semizlikni oldini olish va davolashda birlamchi tibbiy yordamning roli, davolash samaradorligini oshirish uchun mutaxassislarning multidissiplinar o’zaro hamkorligi, bemorlarni xabardor qilish va ular bilan ishlashning zamonaviy usullari kabi mavzular bo’yicha muhokamalar bo’ldi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati