Kuni kecha Qashqadaryo viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ- 5199 -sonli qaroriga asosan Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan ikki nafar imtiyozli bemorlarga muvaffaqiyatli buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Ushbu amaliyot, bemorning sog‘lig‘i uchun juda muhim va muassasamiz tomonidan ilg‘or texnologiyalar va malakali mutaxassislar yordamida amalga oshirildi. Transplantatsiya jarayoni yuqori malakali jarrohlar, anaestiziyologlar va boshqa tibbiyot xodimlarining hamkorligi bilan bajarildi.
Bemorning ahvoli hozirda nazorat ostida. Biz muassasa sifatida bemorlarga yuqori darajadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida uzluksiz sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz.
Transplantatsiya amaliyotining muvaffaqiyatli o‘tishi bizning jamoamizning o‘z ishiga sadoqatini va tajribasini namoyish etadi.
Kelajakda ham bunday yuqori darajadagi tibbiy xizmatlarni bemorlarga taqdim etishda davom etamiz!