Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko’plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar, vitaminlar, gormonlar va boshqa ko’plab foydali mikroelementlar mavjud.

Shu bois xalqaro hujjatlarda go’daklarni 6 oygacha istisnosiz ko’krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga keng urg’u berilgan. Tabiiyki, mazkur yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda ommaviy targ’ibotning ahamiyati katta.

Bugun poytaxtimizda BMTning bolalar jamg’armasi (YUNISEF) hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan vazirlik matbuot xizmati va OAV xodimlari uchun o’tkazilayotgan seminar soha vakillarining bu boradagi bilim hamda tushunchalarini boyitishga qaratilgan.

Tabdirni Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari E. Basitxonova hamda YUNISEFning O’zbekistondagi vakili o’rinbosari g.Ijumba kirish so’zi bilan ochdi. Shundan so’ng soha vakillarining mavzu yuzasidan ma’ruzalariga navbat berildi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.