Havo haroratining pasayishi tana haroratiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Bunday sharoitda kaloriyaga boy, foydali mahsulotlar iste’moliga e’tibor berish zarur.
— Sovuqda qon tomirlarimizda keskin torayish kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda esa ular kengayadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Bu insonlarda qon bosimi oshishiga sabab bo’lishi mumkin.
Kartoshka qon tomirlarining holatini yaxshilashga yordam bera oladi. Uning tarkibidagi kaliy qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, qon aylanishini yaxshilab, bosimni barqarorlashtiradi.
Ildizmevali sabzavotlar va yog’li go’sht solingan qaynatilgan sho’rva qishda, ayniqsa, foydali. Bunday sabzavotlarda uglevodlar ko’p bo’lib, qishning sovuq kunlarida boshqa sabzavotlarga qaraganda organizmga ko’proq energiya beradi.
Sabzavotlardan piyoz antioksidant sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Lavlagi va uning sharbati ham foydali vitaminlar va minerallarga boy bo’lgan mahsulot hisoblanadi.
Nonda juda ko’p B vitaminlari mavjud, ya’ni ular asab tizimining silliq ishlashi va sog’lom uyqu uchun javobgardir.
S vitamini organizmda oqsillar va serotonin moddalarini o’zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Tsitrus mevalar va ularning sharbatlari salqin mahsulot bo’lsa-da, ulardan tayyorlangan murabbo, qiyom va marmeladlar S vitaminiga boy issiq mahsulot hisoblanadi.
Limonning me’yordagi iste’moli kasallikni haydashda muhim o’rin tutadi.
Yog’kislotalari ular yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatga ta’sir qiladi. Ushbu moddalar yong’oq, zig’ir va bir qator dukkakli ekinlarda ko’p miqdorda mavjud.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.